AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov aholidan kelgan dolzarb savollarga javob berdi.
Hozirda ikkinchi bosqichi davom etayotgan “Amirsoy” yo`li qurilishida floraga nisbatan qat`iy talablar qo`yilgan.
Aniqlanishicha, “Amirsoy” tog`-chang`i kurorti majmuasiga olib boruvchi avtomobil yo`li yoqasida har xil manzarali va mevali daraxtlar jami 214 ta ekanligi aniqlangan. Shundan, 58 tup shumtol, 33 tup zarang, 20 tup tut, 22 tup yong`oq, 37 tup yapon saforasi, 44 tup mojjevelnik bor. Ushbu mevali daraxtlarning o`lchamlari 10 sm dan 25 sm gacha bo`lib, yoshi 7-8 yillikdir.
Bugungi kunda ushbu nihollarni ko`chirib o`tkaziladigan hududni tanlash ishlari olib borilmoqda. Agar yo`l qo`rilishida zaruriyat tufayli ulardan qaysisini ko`chirib o`tkazish lozim topilgan taqdirda ularning ildiz qismiga shikast etkazmagan holda 50, 60 sm tuproq qatlami bilan ko`chirib o`tkaziladi.






