AsosiyJamiyat

Koreyada ishlashni xohlagan ayollar uchun ertaga 19 may kuni Toshkentdagi “Ishga marhamat” monomarkazida tanlov o`tkaziladi

'Koreyada ishlashni xohlagan ayollar uchun ertaga 19 may kuni Toshkentdagi “Ishga marhamat” monomarkazida tanlov o`tkaziladi'ning rasmi

Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi bilan) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan mamlakatimizning barcha hududlaridagi ayollar uchun 2021 yil 19 may kuni Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida tanlov o`tkaziladi.

Nomzodlar uchun quyidagi talablar mavjud:

– koreys tilini bilishi (suhbat koreys tilida bo`lib o`tadi);

– 27-40 yosh oralig`ida bo`lishi 1994-1981 yillar oralig`ida tug`ilganlar (1994 yildan keyin tug`ilganlar hamda 1981 yildan oldin tug`ilganlar tanlovda ishtirok etolmaydi);  

– qishloq xo`jaligi ishlarida tajribaga ega bo`lishi;

– sog`lom, yuqumli kasalliklarga chalinmagan bo`lishi;

– sudlanmagan bo`lishi;

– Koreya Respublikasi hududiga kirish uchun taqiq bo`lmasligi;

– O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga taqiqi yo`q va xorijga chiqish pasportiga ega bo`lishi lozim.

Tanlovga kirish jonli navbat orqali soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.

Fuqarolar xorijga chiqish hamda fuqarolik pasportlari, ulardan rangli 1 nusxadan hamda 2 dona 3,5x4,5 fotosurat olib kelishi zarur.

Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Monomarkaz joylashgan manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent ko`chasi 331-uy.

 Qo`shimcha ma`lumot uchun: 1282 (qisqa raqami) va 71 202-33-55.

    Boshqa yangiliklar