2021 yil 17 may kuni Pastdarg`om tumani Davlat soliq inspektori lavozimida ishlovchi B.J. va fermer ho`jaligi raisi hisoblangan X.B., "Pavloniya" ko`chatini ekish niyatida yurgan fuqaroga Pastdarg`om tumanidan 15 gektar er maydonini 13.000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishini va`da kilib, undan so`ralgan pullarni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritayotgan vaqtida, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi, DXX ning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida qo`lga olindi.Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.






