AsosiyJamiyat

Prezident tibbiyot sohasidagi 70 foiz muammolarga echim haqida gapirdi

'Prezident tibbiyot sohasidagi 70 foiz muammolarga echim haqida gapirdi'ning rasmi

Ayni paytda bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida Davlat rahbari agar hokimlar qo`shimcha mablag` ajratib, o`z hududidagi oilaviy shifokor punkti va poliklinikalarda sharoitni yaxshilasa, malakali shifokorlarni ko`paytirsa, aholining 70 foiz muammolari joyida hal bo`lishini aytdi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar qilmoqda.

Bunga shunday keltirildi:

Kitob tumanida xatlov natijasiga ko`ra, bir oy ichida uchinchi va to`rtinchi guruhga mansub (surunkali kasalligi bo`lgan) 20 turdan ortiq kasalliklar bo`yicha, 1,5 ming nafar bemorlarga joyida kerakli yordam ko`rsatilgani bois, viloyat va respublika shifoxonalariga murojaat 2 baravarga kamaygan. 

Aksincha...

20 ta tumanda tibbiyot birlashmalarining ishlari esa etarli darajada tashkil etilmagan. Ular: 

Qorovulbozor, Chiroqchi, Qamashi, Qo`ng`irot, Chimboy, Marhamat, Jalaquduq, Zarbdor, Mingbuloq, Pop, Oqdaryo, Sayxunobod, Angor, Pskent, Yuqorichirchiq, Yozyovon, Uchko`prik, Yangiariq, Xiva, Sergeli tumanlari.

Shuningdek, yig`ilishda keltirilishicha, bugungi kunda 250 dan ziyod kasalliklarning 87 tasini (yuqori qon bosimi, oshqozon-ichak, nafas yo`llari surunkali kasalliklari, kamqonlik kabi) birlamchi bo`g`inda davolash, buning uchun 20 turdagi laboratoriya va diagnostika tekshiruvlarini o`tkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Buning uchun, birlamchi bo`g`inni malakali kadrlar bilan hamda shoshilinch yordam uchun zarur 50 turdagi dori va 16 turdagi tibbiyot vositalari bilan ta`minlash kerak bo`ladi.

1 iyuldan boshlab...

Joriy yil 1 iyuldan boshlab, surunkali kasalliklarni birlamchi bo`g`inda davolash bo`yicha yangi tizim joriy etiladi. Bunda birinchi bosqichda Sirdaryo viloyatida oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar orqali, erta o`limning asosiy sababi bo`lgan yurak va qon-tomir kasalliklarini davolash uchun aholi dori vositalari bilan bepul ta`minlanadi.

Hisob-kitoblarga ko`ra

Yil yakuniga qadar Sirdaryoda ushbu kasalliklarni 10 foizga kamaytirishga erishilganda ham, birgina shoshilinch yordam uchun sarflanayotgan 500 million so`m byudjet mablag`lari tejaladi. Ushbu tejalgan mablag`larni kelgusida surunkali nafas va oshqozon-ichak kasalliklarini birlamchi bo`g`inda davolashga yo`naltirish imkoni paydo bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar