AsosiyJamiyat

Andijon davlat universiteti ko`chasidan o`tib ketayotgan poezdning uchquni archalarga tegib, yong`in sodir bo`ldi(video)

'Andijon davlat universiteti ko`chasidan o`tib ketayotgan poezdning uchquni archalarga tegib, yong`in sodir bo`ldi(video)'ning rasmi

Bugun, 18 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo`l chetida qurigan o`tlar yonayotganligi aks etgan video tarqaldi. 

Hodisa Andijon viloyati Andijon shahri Universitet ko`chasida sodir bo`lgan. Yong`in soat 10:58 da boshlangan. 

Dastlabki ma`lumotga ko`ra, qurigan o`tlar yo`lning chetiga tashlangan sigareta qoldig`i tufayli yonib ketgan.  

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikkita yong`in-qutqaruv guruhi 3 daqiqa ichida yong`in sodir bo`lgan joyga etib borgan va yong`in qisqa muddatda bartaraf etilgan.  

Hodisa oqibatida jarohatlangan va halok bo`lganlar yo`q.  

FVV qutqaruvchilarining sa`y-harakatlari natijasida yong`inning qo`shni hududlarga tarqalishining oldi olingan.

    Boshqa yangiliklar