O`zbek estradasi ijodkorlari “Xonanda bo`lmaganingizda kim bo`lardingiz?” degan savolga javob berishdi. Mazkur savol bilan bir nechta taniqli xonandalarga murojaat qildik.
Demak, “xonanda bo`lmaganimda...”
Ulug`bek Rahmatullaev:
“...rassom bo`lardim”
Lola:
“ ...sportchi bo`lardim”.
Shohruhxon:
“Uchuvchi bo`lardim. Bu mening ushalmagan orzuim. Ammo baribir qachondir samolyot boshqarib ko`raman. Orzuim ro`yobga chiqishiga ishonaman.
Nilufar Usmonova:
“Menimcha, uy bekasi yoki tadbirkor bo`lardim.
Manzura:
“...Men esa arxitektor yoki dizayner bo`lardim. Osmono`par bino va inshootlarning dizaynini yaratardim.
Jaxongir Poziljonov:
“... oshpaz bo`lardim”.
Sardor Rahimxon:
“...bolaligimdan qo`shiqchi bo`lishni orzu qilardim. Men baribir xonanda bo`lar edim”.
Sarvar Azimov (Benom guruhi ):
“...diplomat bo`lardim”.
Komil Fozilov ( Benom guruhi ):
“...futbolchi bo`lardim”.













