1

O`zbekistonda havo kam bulutli va issiq bo`ladi

Jamiyat 19.05.2021, 07:35
O`zbekistonda havo kam bulutli va issiq bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 19 mayda kunduz kuni O`zbekistonda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-37° bo`ladi.

Poytaxtimizda quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat 33-35° gacha ko`tariladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qiqsqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar yog`ishi hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1