1

Endilikda “ID karta”lari mavjud bo`lgan haydovchilar boshqa hujjatlarini taqdim etmasliklari mumkin bo`ladi

Jamiyat 19.05.2021, 08:51
Endilikda “ID karta”lari mavjud bo`lgan haydovchilar boshqa hujjatlarini taqdim etmasliklari mumkin bo`ladi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi “Yo`l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko`rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 271-son qarorida 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab haydovchilardan avtomototransport vositasini boshqarish uchun notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma, texnik ko`rikdan o`tkazilganligi to`g`risidagi ma`lumot, avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirishga, ya`ni qoraytirishga ruxsatnoma elektron shaklga o`tkazish orqali mazkur hujjatlarni avtomototransport vositasi haydovchisidan talab etish tartibi bekor qilinishi belgilab qo`yildi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Yuqoridagi topshiriqning ijrosini ta`minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan “e-Protokol” axborot tizimi takomillashtirilib, yo`l patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida “ID karta”ni o`qish orqali fuqaroning egaligida mavjud bo`lgan avtotransport vositalarini boshqarish uchun berilgan yoki olgan ishonchnomalari, sug`urta polislari to`g`risidagi ma`lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

2021 yil 19 maydan boshlab “ID karta”lari mavjud bo`lgan haydovchilarning transport vositasini texnik ko`rikdan o`tkpzilganligi to`g`risidagi ma`lumot, avtotransport vositalarini boshqarish uchun berilgan yoki olgan ishonchnoma va sug`urta polislarini "ID karta" yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi.

"ID karta" orqali tekshirilganda, ma`lumotlar aniqlanmagan yoki tizimda uzilishlar bo`lgan holatlarda barcha haydovchilardan inspektorga ushbu hujjatlarni aslini taqdim etishlarini, shuningdee, vaziyatni to`g`ri tushunishlarini so`rab qolamiz", deyiladi rasmiy xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1