Ijtimoiy tarmoqlar 90 foizdan ortiq noqonuniy materiallarni olib tashlaganidan so`ng Rossiya hukumati “Twitter”ni bloklamaslikka qaror qildi, deb xabar berdi OAVni nazorat qilish federal xizmati. Bu haqda "spot.uz" yozmoqda.
“Tekshiruv qo`mitasi xabariga ko`ra, “Twitter” ma`muriyati taqiqlangan ma`lumotlarning 90 foizdan ortig`ini o`chirib tashladi. Jumladan, bolalar pornografiyasi, giyohvand moddalar va o`z joniga qasd qilish bilan bog`liq 563 ta post olib tashlandi. Chunki voyaga etmaganlarni ruxsatsiz ommaviy tadbirlarda ishtirok etishga chaqiruvlar ko`payib bormoqda. Shuningdek, ekstremistik va boshqa mazmundagi taqiqlangan materiallar Rossiya Federasiyasi hududida bekor qilinmaydi”, — degan platforma boshqaruvchisi.
“Twitter” ma`muriyati taqiqlangan kontentga qarshi kurashishga qo`shilishini va uni yo`q qilish uchun barcha choralarni ko`rishini ma`lum qildi. Ta`kidlanishicha, ijtimoiy tarmoq rahbariyati Rossiya tomoni bilan doimiy ravishda muloqot o`rnatishga rozi.
Eslatib o`tamiz, 10 mart kuni ommaviy axborot vositalarini nazorat qiluvchi tashkilot Rossiyada “Twitter” platformasidagi materiallarni yuklanish tezligini sekinlashtirgan edi, chunki mamlakatda taqiqlangan postlar olib tashlanmayotgan edi.
Agentlik ijtimoiy tarmoqqa ta`sir o`tkazish uchun qo`shimcha choralarni ko`rishga ham kirishgan edi. Hatto Rossiyada platforma faoliyatini to`xtatish rejasi ishlab chiqildi.