1

Andijon viloyatiga birinchilardan bo`lib saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan mobil mammograf olib kelindi

Jamiyat 19.05.2021, 09:34
Andijon viloyatiga birinchilardan bo`lib saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan mobil mammograf olib kelindi

Xabaringiz bor, 2021 yil 14 may kuni O`zbekiston Prezidenti Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo`ldi.

 Shu erda onkologiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Videoselektorda kasalliklarni erta aniqlash maqsadida mobil brigadalar tuzib, xavf guruhiga kiruvchi aholi uchun profilaktik ko`riklar o`tkazish zarurligi ta`kidlandi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi va viloyat hokimlari, shifokorlar o`z hududlarida onkologik va gematologik kasalliklarni davolashni yaxshilash bo`yicha takliflarini bildirgan edi. 

Andijon viloyati hokimligi Axborot xizmati xabariga ko`ra, ushbu bildirilgan takliflarga asosan saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etish, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo`lga qo`yish maqsadida birinchilardan bo`lib Andijon viloyatiga mobil mammograf olib kelindi. 

Buning natijasida viloyatida ushbu kasallik bilan aziyat chekayotgan bemorlarni erta aniqlash va davolash tizimli yo`lga qo`yiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1