1

O`zbekistonga yana 500 ming doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi etib keldi

Jamiyat 19.05.2021, 11:28
O`zbekistonga yana 500 ming doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi etib keldi

Bugun  3-bosqich sinovlari mamlakatimizda o`tkazilgan, o`zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 500 ming dozasi yurtimizga olib kelindi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Eslatib o`tamiz, kecha ushbu vaksinadan 1 million doza keltirilib, emlash jarayonlarida foydalanilayotgan ZF-UZ-VAC2001 miqdori 3 million dozaga etgan edi.  

Ma`lumot uchun, 1 apreldan 18 maygacha bo`lgan muddatda mamlakatimizda jami 1  412  312 doza vaksinadan foydalanildi.  

Ulardan 1-bosqichda emlanganlar 1125995 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 286317 nafarni tashkil qildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1