AsosiyDunyo

Keyingi yil "Oskar" o`z vaqtida o`tkaziladi

'Keyingi yil "Oskar" o`z vaqtida o`tkaziladi'ning rasmi

Hollywood Reporte xabariga ko`ra, Amerika kino akademiyasi 94-Oskar mukofotini topshirish marosimiga tayyorgarlik ko`rishni boshlagan va uni kelgusi yilning fevral oyi oxiri-mart oyi boshida o`tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Akademiya 94-Oskar mukofotini topshirish marosimida ishtirok etishni istagan studiyalar va prodyuserlar o`z kartinalarini 2021 yil 31 dekabrga qadar topshirishlari lozimligini ma`lum qilgan.  

Bu yilgi marosim pandemiya sabab 25 aprelda bo`lib o`tdi. Keyingi marosimni o`tkazish sanalari hozircha 2022 yil 27 fevral va 6 mart kunlari deb aytilmoqda. 2022 yilning 13 fevral kuni 56-Superboul chempionati, 6-20 fevral kunlari Pekinda Qishki Olimpiya o`yinlari bo`lib o`tadi. Bu yirik hodisalardan so`ng “Oskar ” marosimi o`tkazilishi, ma`lum qilinadi xabarda.

Joriy yilgi “Oskar ” xitoylik-amerikalik rejissyor Xloya Chjaoga nasib qilib, uning “Ko`chmanchilar eri” kartinasi “Eng yaxshi film” nominasiyasida g`olib bo`ldi. Xloya Chjaoning o`zi esa "Eng yaxshi rejissyor" deb topildi. 83 yashar Entoni Xopkins «Ota» filmida aqldan ozayotgan ota rolidagi ijrosi uchun “Eng yaxshi aktyor” deb topilib, hayotidagi oltinchi «Oskar»ini qo`lga kiritdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar