1

Maktablarda yakuniy imtihonlar qachondan boshlanishi ma`lum qilindi

Jamiyat 19.05.2021, 12:56
Maktablarda yakuniy imtihonlar qachondan boshlanishi ma`lum qilindi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova Respublikadagi maktablarda o`quv yili yakuni bo`yicha o`tkaziladigan imtihonlar muddati va tartibi to`g`risida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda barcha umumta`lim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o`tkaziladi.  

Imtihonlar o`quvchilarning sog`ligini himoyalash va karantin qoidalariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazilishi nazoratga olinadi.

Jumladan,  imtihonlar o`tkazilishidan oldin ta`lim muassasalarida dezinfeksiya ishlari olib boriladi, o`quvchilar imtihonlarga sanitar-gigiena qoidalariga rioya etgan holda himoya vositasida (tibbiy niqob) kiritilib, binoga kirishdan avval tibbiy xodimlar tomonidan ularning tana harorati o`lchalanadi va oraliq masofani saqlashlari ta`minlanadi.  

 26 maydan- 2 iyunga qadar 5,6,7,8 va 10-sinf o`quvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari, 26 maydan 15 iyunga qadar 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari og`zaki, yozma hamda test sinovlari shaklida o`tkaziladi.

Har bir maktabda imtihonlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin imtixon o`tkazish jadvali barcha uchun ko`rinadigan joyiga osib qo`yiladi.  

Imtihon savollari va materiallari mutlaqo bepul.  Imtihon biletlari va namunaviy savollar Xalq ta`limi vazirligining rasmiy telegram kanali @uzedu joylashtirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1