1

Yakuniy imtihondan «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o`qishga qoldiriladi

Jamiyat 19.05.2021, 13:37
Yakuniy imtihondan «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o`qishga qoldiriladi

Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamovaning ma`lum qilishicha,  o`quvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etilishi mumkin. O`quvchilarga sinfdan sinfga ko`chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyasidan ozod bo`lish huquqini beruvchi kasalliklar ro`yxati Xalq ta`limi vazirining 2008 yil 4 martdagi 56-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan.

Shuningdek, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa ko`rik-tanlovlardagi ishtiroki maktabdagi imtihon muddatlariga to`g`ri kelib qolgan taqdirda, ular imtihonlardan ozod etiladi.

Amaldagi Nizomga ko`ra, bir yoki ikki fandan o`tkazilgan yakuniy attestasiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestasiyadan keyin ikki hafta o`tgach qayta yakuniy attestasiyadan o`tish huquqi beriladi.

️Yillik baho va yakuniy attestasiya natijalariga ko`ra, umumiy o`rta ta`lim davlat ta`lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o`qishga qoldiriladi.

Bosqichli nazorat imtihoni jarayonida o`quvchilar tomonidan imtihonni muvaffaqiyatli topshirishga yordamchi vositalardan (xarita, globus, jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariy, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va hokazolardan) foydalanishga ruxsat etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1