AsosiyJamiyat

Vaksina olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat beriladimi?

'Vaksina olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat beriladimi?'ning rasmi

SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullaeva javob berdi:

—  Vaksinasiya jarayonlariga aholining 60-70 foizi qamrab olinishi ta`minlansa, ommaviy immunitet hosil qilinishi to`g`risida ko`p bora ta`kidlaymiz. Ommaviy immunitetning hosil qilinishi koronavirus infeksiyasini nazorat qilish va engib chiqishda erishilgan katta yutuqdir.  

Vaksinasiyaning to`liq bosqichlarini olgan inson organizmida koronavirus infeksiyasidan himoya qiluvchi immun hujayralari ishlab chiqiladi. Mazkur hujayralar qancha muddat himoya qilishi borasida to`liq ma`lumot bo`lmasa-da, bu hujayralar titri yuqori bo`lgan davrda insonga koronavirus infeksiyasi yuqmaydi.  

Albatta, bunday holatda vaksinasiya to`liq bosqichlarini olgan va immunitet hujayralari mavjud insonlargina niqobsiz yurishi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin.  

Ba`zi davlatlarda vaksinasiya olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilishi, shu davlatlar aholisi orasida emlanganlar salmog`i 50 foiz va undan ham ko`proq bo`lganligi hamda aholi orasida ommaviy immunitet hosil qilinishiga asos mavjudligi bois bo`lishi mumkin. Lekin bunday davlatlar juda ham sanoqli.

Shuni unutmaslik kerakki,  o`tayotgan pandemiya davri tibbiy niqoblar va o`zaro masofa saqlashning samarasini isbotlab berdi.

 

    Boshqa yangiliklar