AsosiyDunyo

Rossiyada MDH fuqarolari ishtirokidagi jinoyatlar soni kamaygani ma`lum qilindi

'Rossiyada MDH fuqarolari ishtirokidagi jinoyatlar soni kamaygani ma`lum qilindi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasida 2021 yilning 1-choragida jami 501563 ta jinoyat sodir etilgan bo`lib, shundan 9607 tasi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qildi.

Rossiya Federasiyasi IIV e`lon qilgan jinoyatchilik holati to`g`risidagi statistikada qayd etilishicha, mamlakat hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 foizga ko`paygan. Jinoyatlarning 7504 tasi MDHga a`zo davlatlar fuqarolari hissasiga to`g`ri keladi. Bu ko`rsatkich esa 11,5 foizga kamaygan.

Shuningdek, joriy yilning 1-choragi davomida 3651 ta holatda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar jabrlangan bo`lib, bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga kamaygan. Noqonuniy migrasiyani tashkil etish bilan bog`liq 248 ta jinoyat sodir etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar