1

Koronavirusga qarshi vaksina olishdan oldin va keyin qancha muddat homiladorlikdan saqlanish kerak?

Salomatlik 19.05.2021, 19:09
Koronavirusga qarshi vaksina olishdan oldin va keyin qancha muddat homiladorlikdan saqlanish kerak?

Koronavirusga qarshi vaksina olishdan oldin va keyin qancha muddat homiladorlikdan saqlanish kerak? Ushbu savolga akusher-ginekolog shifokor Barno Islomova javob beradi.

- Umuman koronavirusga qarshi vaksinani 18 yoshdan kichik va homilador ayollarga qo`llash ta`qiqlanadi. Hatto, vaksinaning qadog`ida homilador ayollarga qarshi ko`rsatmalar yozilmagan bo`lsa ham. Negaki klinik tadqiqotlar davomida homilador ayollarga vaksinaning ta`sir darajasi o`rganilmagan. Shu sababli homilaga ziyon etkazishi yoki etkazmasligi to`g`risida aniq bir fikr aytish qiyin. Vaksina olishdan avval homiladorlikka gumon bo`lganda, kerakli tekshiruvlardan o`tishlari va aniq tashxis qo`yilishi zarur.

Demak, ayol oxirgi vaksina bilan emlangandan so`ng 3 oydan to 6 oy muddatgacha homiladorlikni rejalashtirmasligi tavsiya etiladi. Negaki vaksina olingach, organizmda Covid-19 ga qarshi antitanachalar paydo bo`lishi uchun vaqt kerak.

Homilador bo`lish uchun har bir ayol alohida tayyorgarlik ko`rsalar, maqsadga muvofiq bo`lardi. Xuddi shunday koronavirusdan vaksina bilan himoyalanishdan tashqari kam qonlik (anemiya) hamda TORCh infeksiyasi uchun ham tahlil sinamasini topshirishlarini maslahat bergan bo`lardim. Aynan ushbu tekshiruv orqali homilaga ta`sir etuvchi infeksiya bor yo`qligiga aniqlik kiritiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1