AsosiyJamiyat

Namanganda haydovchi o`z xatosi sabab sodir bo`lgan YTHda vafot etdi

'Namanganda haydovchi o`z xatosi sabab sodir bo`lgan YTHda vafot etdi'ning rasmi

16 may kuni soat 17:40 larda, Kosonsoy-Chust-Pop-Navbahor yo`lining 76 km.da odam o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, voqea Pop tumani Yuksalish MFY hududida, Farg`ona viloyati Buvayda tumanida yashagan, 1981 yilda tug`ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan, Pop tumanida yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya-2 rusumli avtomashinasi bilan to`qnashgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan hamda shu avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, Farg`ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi, Buvayda tumanidagi maktabning 10-sinf o`quvchisi, 2004 yilda tug`ilgan qiz bosh miya chayqalishi, chap qo`l bilak suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar