O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 20 mayda kunduz kuni O`zbekistonda havo quruq, kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 30-35o ni, janubda va cho`l hududlarida 38° gachani tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilk kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34° bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qiqsqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar yog`ishi hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.