AsosiyJamiyat

Maktab karantinga yopilgan bo`lsa imtihonlar qachon o`tkaziladi? Maktablarda davlat imtihonlarini o`tkazish yuzasidan batafsil ma`lumotlar bilan tanishingMA`LUMOT

'Maktab karantinga yopilgan bo`lsa imtihonlar qachon o`tkaziladi? Maktablarda davlat imtihonlarini o`tkazish yuzasidan batafsil ma`lumotlar bilan tanishingMA`LUMOT'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirining Matbuot kotib maktablarda davlat imtihonlarini o`tkazish yuzasidan  batafsil ma`lumotlarni berdi.

Unga ko`ra, imtihonlar karantin qoidalariga qat`iy rioya etgan holda o`tkaziladi. Jumladan,  imtihonlar o`tkazilishidan oldin ta`lim muassasalarida dezinfeksiya ishlari olib boriladi, o`quvchilar imtihonlarga sanitar-gigiena qoidalariga rioya etgan holda himoya vositasida (tibbiy niqob) kiritilib, binoga kirishdan avval tibbiy xodimlar tomonidan ularning tana harorati o`lchalanadi va oraliq masofani saqlashlari ta`minlanadi.  

Agar maktab karantinga yopilgan bo`lsa imtihon karantin muddati tugaganidan so`ng, imtihonlar karantin qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda o`tkaziladi.  

Imtihonlar og`zaki, yozma hamda test sinovlari shaklida o`tkaziladi quyidagi muddatlarda o`tkaziladi:

  • 26 maydan 2 iyunga qadar — 5,6,7,8 va 10-sinf o`quvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari;

 

  • 26 maydan 15 iyunga qadar — 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari o`tkaziladi.

 

Imtihon savollari va materiallari Xalq ta`limi vazirligining rasmiy telegram kanaliga joylashtirilgan. (https://t.me/uzedu/12873)  

Imtihondan o`ta olmagan o`quvchilarga amaldagi Nizomga ko`ra, imtihondan ikki hafta o`tgach qayta yakuniy attestasiyadan o`tish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestasiya natijalariga ko`ra, umumiy o`rta ta`lim davlat ta`lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o`qishga qoldiriladi.

️Xalq ta`limi vazirligi maktab ma`muriyatlaridan imtihonlarni adolatli va shaffof tashkil qilish hamda turli noqonuniy yig`imlarni oldini olish choralarini ko`rishlarini so`ramoqda. 

    Boshqa yangiliklar