AsosiyJamiyat

Poytaxtda “Toshkentning besh tashabbus harakati” shaharchasi qurildi

'Poytaxtda “Toshkentning besh tashabbus harakati” shaharchasi qurildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi yoshlar uchun ko`lam va mazmun jihatidan misli ko`rilmagan “Toshkentning besh tashabbus harakati” tadbirini tashkil etdi. U 21-25 may kunlari bo`lib o`tadi. Yoshlar bayrami uchun mavzuli hududlarga bo`lingan shaharcha qurildi. Bu haqda hokimlik Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Asosiy kirish joyi Navoiy ko`chasidan, Hyatt mehmonxonasi va Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona oralig`idan, ulkan darvoza orqali kiriladi. Darvozaning oldida maydon va katta sahna bo`lib, unda DJ Trace, Roger Gunn, DJ Sam, DJ Voynov va DJ Endigo kabi mashhur didjeylar ishtirokida jo`shqin musiqa oqshomlari o`tkaziladi. Shu erning o`zida Tashkent Voice Fest qo`shiq va Tashkent Dance Fest raqs tanlovlari bo`lib o`tadi.

Chap tomonda biz futbol, armrestling uchun hududlarini, “havo” basketboli uchun maydoncha, tennis stollari, badminton maydonchasi joy olgan sport hududini ko`rishimiz mumkin. Toshkentda ilk bora Laser run lazer pistoletidan otish musobaqasi bo`lib o`tib, unda ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tish shart emas.

O`ng tomonda turli qiziqarli hududlardan iborat maydon joylashgan bo`lib, unda ham ko`plab tadbirlar o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, Beshta tashabbus g`oyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 19 mart kuni yoshlarga bag`ishlangan selektor majlisida ilgari surilgan. Toshkent shahar hokimining o`rinbosari Furqat Mahmudxo`jaevning so`zlariga ko`ra, Beshta tashabbus yo`nalishidagi tadbirlar maktab va OTMlarda turli formatlarda o`tkazilib kelinmoqda. Bu erda esa to`plangan tajribadan eng yaxshisini jamlashga harakat qilingan – turli yoshlar guruhlarining takliflari va yangi echimlar

Bilimdonlarning mashhur “Zakovat” o`yini uchun maxsus hudud tashkil etilgan bo`lib, tashkilotchilardan biri – nom qozongan bloger Xushnudbek Xudoyberdiev. Uning yonida kompyuter o`yinlari ixlosmandlari uchun hudud tashkil etilgan bo`lib, Tashkent Cyber Cup-2021 musobaqasi bo`lib o`tadi. Shu erning o`zida “X-loyiha” ideatoni bo`lib o`tadi, uning davomida ishtirokchi jamoalar turli yo`nalishlardagi AT-loyihalarini ishlab chiqadilar.

Bu erda shuningdek, katta matbuot markazi tashkil etilgan bo`lib, unda vazirlar, hokimlar va boshqa rahbarlar bilan uchrashuvlar bo`lib o`tadi, ular o`z ishi haqida so`zlab, yoshlarning savollariga javob beradi. Darvoqe, hozirda yoshlar uchun 72 ta imtiyoz amal qilmoqda, lekin ular haqida kamdan-kam odam biladi, markazda ular haqida batafsil bilib olish imkoniyati bo`ladi. Uchrashuvlar jadvali e`lon qilinadi, savollarni tayyorlang.

Shuningdek, Ayollar netvorking haftaligi bo`lib o`tadi, unda jamoalar mualliflik loyihalarini taqdim etadilar, o`quv treninglari, nufuzli spiker va murabbiylarning chiqishlari bo`lib o`tadi. G`olib jamoa TVS elektron bankidan sovringa ega bo`ladi.

Strit-art tanlovi, xend-meyd yarmarkasi, “Elektrooko” pop-guruhining chiqishlari va yana o`nlab tadbir va faolliklar bo`lib o`tadi.

Qiziqarlisi shundaki, festival o`tkazilgandan keyin u 25 may kuni tugamaydi, barcha inshootlar qolib, yoshlar tadbirlari uchun faol qo`llaniladi.

Hozirgacha 40 000 nafar kishi ro`yxatdan o`tib bo`ldi (Toshkent21.uz saytida). Eslatib o`tamiz, ro`yxatdan o`tish musobaqalar, tanlovlar va aksiyalar ishtirokchilari uchun kerak, tashrif buyuruvchilar uchun kirish erkin. Karantin talablari inobatga olinadi, maydonda tibbiyot xodimlari navbatchilik qiladi.

Keling, ishtirok eting, o`qing, ko`nglingizni ko`taring – Toshkent bunaqasini aniq hali ko`rmagan.

    Boshqa yangiliklar