AsosiyJamiyat

Xorijiy tillarni o`qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktab tashkil etiladi

'Xorijiy tillarni o`qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktab tashkil etiladi'ning rasmi

 “O`zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5117-son, 19.05.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi (Agentlik) hamda uning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari tashkil etildi.  

Agentlik direktori va uning o`rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadi.  

Agentlik xodimlari mehnatga haq to`lash, rag`batlantirish va ijtimoiy himoya qilish sharoitlari bo`yicha Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.

Qarorga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan tumanlar (shaharlar)da umumiy o`rta ta`lim muassasalari negizida xorijiy tillarni o`qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktab tashkil etiladi.  

2021 yil 1 sentyabrdan xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag`batlantirish maqsadida Prezident sovrini ta`sis etiladi.  

Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta`lim maktablari o`rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:

  •  birinchi bosqich – tuman va shaharlarda o`tkazilib, g`oliblar 100 mln so`mgacha;
  •  ikkinchi bosqich – Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o`tkazilib, g`oliblar 250 mln so`mgacha;
  •  uchinchi bosqich – respublika miqyosida o`tkazilib, g`oliblar 500 mln so`mgacha pul mablag`lari bilan mukofotlanadi.  

 

 Qishloqlarda xorijiy tillarni o`qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so`mgacha bir martalik subsidiya ajratish amaliyoti yo`lga qo`yiladi. 

    Boshqa yangiliklar