AsosiyJamiyat

2021/2022 o`quv yilida xorijiy tillar o`qitiladigan OTMlarga qabul qilish ikki baravarga, davlat granti esa uch baravarga oshiriladi

'2021/2022 o`quv yilida xorijiy tillar o`qitiladigan OTMlarga qabul qilish ikki baravarga, davlat granti esa uch baravarga oshiriladi'ning rasmi

Bugun AOKAda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati rahbari Sardor Usmonov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda «O`zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Prezident qarorining ahamiyati, hujjatda belgilab berilgan muhim vazifalar xususida batafsil ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilida xorijiy tillarni o`qitishga ixtisoslashtirilgan oliy ta`lim muassasalariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti esa uch baravarga oshiriladi.

2022/2023 o`quv yilidan boshlab magistratura va doktorantura tanlovlarida filologiya yo`nalishlari bo`yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo`nalishlari bo`yicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutilgan.

2021/2022 o`quv yilidan boshlab ta`lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o`qituvchilarining oylik maoshlariga ustama haqi to`lab berilishi ham ko`zda tutilgan.

Davlat xizmatchilari tomonidan xorijiy tillarni o`zlashtirishiga alohida e`tibor qaratiladi. 2022 yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish majburiy malakaviy ko`nikma sifatida belgilandi.

Ko`rinib turibdiki, xorijiy tillarni o`qitish sohasida “bog`cha – maktab – oliy ta`lim tashkiloti – korxona” tamoyilidagi uzluksiz ta`lim zanjiri haqida gap ketyapti.

Ushbu zanjirning har bir bosqichida xorijiy tillarni o`zlashtirish timizmi yo`lga qo`yilishi lozim.

Yuqoridagi vazifalarning ijrosini tashkil qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi tuzilishi belgilangan.

 

    Boshqa yangiliklar