AsosiyJamiyat

Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab beriladi

'Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab beriladi'ning rasmi

“Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 iyundan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo`lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi.

 Qaror bilan Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarni o`qishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha bo`lgan qismini moliyalashtirish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.  

 Unga ko`ra, talabgorlar bu yuzadan “O`zbekistonning IT-iste`dodlari” portalida elektron ariza berib bepul ro`yxatdan o`tadi.

 Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (Ishchi organ) talabgorning arizasini zarur hujjatlari bilan birga 5 ish kunida ko`rib chiqadi hamda taqdim qilingan xalqaro IT-sertifikatni verifikasiyadan o`tkazadi.

 Muqaddam xalqaro IT-sertifikatlarning bir turi bo`yicha xalqaro IT-sertifikat olish xarajatining 50 foizgacha bo`lgan qismi qoplangan talabgor xalqaro IT-sertifikatlarning boshqa turi bo`yicha minimal ko`rsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga xalqaro IT-sertifikat olish xarajatining 50 foizgacha bo`lgan qismi to`lab beriladi.

 16 yoshga to`lmagan fuqarolarning xalqaro IT-sertifikat olish xarajatining 50 foizgacha bo`lgan qismi qoplab berilishini so`rab ushbu fuqarolarning qonuniy vakillari murojaat qilishlari mumkin.

 Ishchi organ talabgor hujjatlarini umumlashtirib, moliyalashtirish yuzasidan takliflarni 5 ish kuni ichida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi (vakolatli organ)ga kiritadi.

 Xalqaro IT-sertifikatga ega bo`lmasdan turib talabgorning xalqaro IT-sertifikati olish uchun o`quv kursiga to`lagan xarajatlari qoplanishiga yo`l qo`yilmaydi.

 Ishchi organ tomonidan kiritilgan takliflar vakolatli organ tomonidan 3 ish kuni ichida kelishiladi.

 Shunga ko`ra, ishchi organ tomonidan 3 ish kuni mobaynida xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun tegishli pul summasini talabgor tomonidan ko`rsatilgan tegishli hisobvaraqqa o`tkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar