Ijtimoiy tarmoqlarda «Tursunov Timur» ismli foydalanuvchi, Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani hududida Toshkent shahar IIBB xizmat avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lganligi haqidagi xabarni joylashtirgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy ma`lumot berdi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilamiz. Haqiqatdan, 16 may kuni taxminan soat 04.00 larda Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasida salonida Toshkent shahar IIBB xodimi Xurshid Sh. bo`lgan “Neksiya-3” rusumli Toshkent shahar IIBB xizmat avtomobili (davlat raqami 01 924 VSC) ishtirok etgan.
Ushbu holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi IIV O`z xavfsizlik boshqarmasi tomonidan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. prokuratura tomonidan sodir bo`lgan YTH yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, tekshiruv davomida sud-tibbiyot ekspertizasi va boshqa bir qator ekspertizalar tayinlangan.
Tekshiruv yakuniga ko`ra Sh.Xurshidning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Hozirda u o`z xizmat vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan.






