Antaliyada aprel oyida har 100000 fuqarodan 300 tasi virus yuqtirgan bo`lsa, 17 kunlik to`liq qattiq rejimdagi karantindan so`ng, ko`rsatkichi 61.65 ga tushdi. Bu ma`lumotlar Turkiya Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etildi.
Natijada, Antaliya mamlakatdagi to`q sariq rang toifasidagi hududlar safiga qaytdi va hatto "sariq" toifaga o`tish ostonasida turibdi - virus yuqtirish ko`rsatkichi yanada pastlab bormoqda.
Koronavirus epidemiyasi deyarli butun Turkiyada may oyining boshigacha bo`lgan davrda "qizarib ketgan"i sabab mahalliy hokimiyat mamlakat ichkarisida 17 kunlik to`liq karantin to`g`risida qaror qabul qildi. Shu vaqt ichida kasallanish, shu jumladan Antaliyada sezilarli pasayish kuzatildi. Fevral va mart oyi o`rtalarida mamlakatning asosiy sayyohlik viloyati "to`q sariq" zonada bo`lgan va aprel oyida "juda yuqori xavf"li zonalar turkumiga ya`ni "qizil" zonaga o`tgan. Keyin, 24 soatlik komendant soatining natijasida 8-14 may kunlari, Covid-19 kasalligi sonining keskin pasayishi kuzatildi.
Sog`liqni saqlash vazirligi hisobotiga ko`ra Antaliya yana qizildan to`q sariq rangga o`tdi. Antaliyadagi kasallik soni ham xavf jihatidan sariq rangga juda yaqin.
Eslatib o`tamiz, Turkiyadagi qat`iy karantin rejimi 29 apreldan 17 maygacha davom etdi. Quyida Antaliyada bir necha oy davomida kasallanganlar soni bo`yicha ma`lumotlarni keltirdik(Ko`rsatkichlar har 100000 fuqaroga nisbat qilib keltirilgan):
15-23 fevral kunlari - 78,91 kishi
20-26 fevral kunlari - 78,09 kishi
7 fevral - 5 mart - 82,05 kishi
6-12 mart kunlari - 95,09 kishi
13-19 mart - 119,18 kishi.
27 mart - 2 aprel - 190,39 kishi
3-9 aprel kunlari - 270,95 kishi
10-16 aprel kunlari - 301,6 kishi
17-23 aprel kunlari - 324,5 kishi
24-30 aprel kunlari - 200,36 kishi
1-7 may kunlari - 131,38 kishi
8-14 may kunlari - 61,65 kishi






