AsosiyJamiyat

Sirdaryoda IIB xodimini qo`pol so`zlar bilan haqorat qilgan fuqaro qamaldi

'Sirdaryoda IIB xodimini qo`pol so`zlar bilan haqorat qilgan fuqaro qamaldi'ning rasmi

Sirdaryoda ichki ishlar xodimini qonuniy talablariga bo`ysunmay, uni turli xil qo`pol so`zlar bilan haqorat qilgan fuqaro ma`muriy qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

2021 yil 24 aprel kuni fuqaro Ya.M tanishi fuqaro J.S bilan o`zining yashash xonadonida spirtli ichimlik iste`mol qilib, o`zaro kelishmay qolishgan va J.S tanishi Ya.M ni uyidan chiqib ketayotganida yashash xonadoni eshigini tepib sindirgan.

Fuqaro Ya.M tanishi J.S ning ushbu harakatidan norozi bo`lib, “102”ga xabar bergan. Ushbu xabarga asosan, voqea joyiga Guliston shahar IIO FMB HPB profilaktika inspektori katta leytenant X.N etib borganida, fuqaro Ya.M yashash uyi joylashgan ko`chada mast holatda, jamoat joyida baqir-chaqir qilayotganligi sababli uni tinchlantirib, IIB binosiga borishni taklif qilganida, ushbu fuqaro xodimning qonuniy talablariga bo`ysunmay, unga faol qarshilik ko`rsatib, hech bir sababsiz, turli xil qo`pol so`zlar bilan xodimni haqorat qilgan.

Ushbu holat Sirdaryo viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan nazoratga olinib, Guliston shahar IIO FMB HPB tomonidan fuqaro Ya.M ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183 va 194-moddalariga asosan, fuqaro J.S tanishi Ya.M ni uyini eshigini sindirib ketganligi holati bo`yicha MJtKning 61-2-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, to`plangan xujjatlarni mazmunan ko`rib chiqish uchun JIB Guliston shahar sudiga yuborilgan.

JIB Guliston shahar sudining Qaroriga ko`ra fuqaro Ya.M O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183 va 194-moddalarida ko`rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 (besh) sutka ma`muriy qamoq hamda fuqaro J.S MJtKning 61-2-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan BHMning 5 (besh) baravari miqdorida ya`ni, 1.225.000 so`m jarima jazosi tayinlangan.  

 

    Boshqa yangiliklar