1

Namanganda eskirgan va o`z ahamiyatini yo`qotgan 651 ta normativ tusdagi qarorlar bekor qilindi

Jamiyat 21.05.2021, 13:54
Namanganda eskirgan va o`z ahamiyatini yo`qotgan 651 ta normativ tusdagi qarorlar bekor qilindi

Joriy yilning 27 sentyabrida Prezidentimizning “O`z ahamiyatini yo`qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko`rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasining birinchi o`rinbosari Ulug`bek Ismatillaevning ma`lum qilishicha, mazkur farmonni ijrosini ta`minlash maqsadida Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat hisobiga olingan barcha normativ tusdagi qarorlari eskirgan va o`z ahamiyatini yo`qotgan hujjatlarni aniqlash yuzasidan xatlov o`tkazildi. Xatlov natijasida 651 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va o`z ahamiyatini yo`qotgan normativ tusdagi qarorlari aniqlandi. Shuningdek ushbu aniqlangan holat bo`yicha eskirgan va o`z ahamiyatini yo`qotgan hujjatlarni bekor qilish yuzasidan xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga qaror loyihasi tayyorlanib kirtildi.

Eskirgan va o`z ahamiyatini yo`qotgan hujjatlarni bekor qilish yuzasidan kiritilgan qaror loyihasiga ko`ra Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 2021 yil 17 mayda “Namangan viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va o`z ahamiyatini yo`qotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish to`g`risida”gi 1-6-0-K/21-sonli qarori qabul qilinib, 651 ta normativ tusdagi qarorlari bekor qilindi.

"Yuqoridagilardan ko`zlangan maqsad ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, eng avvalo tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yukini kamaytirish, normativ-huquqiy bazaning tizimliligini va kompleksliligini ta`minlash hisoblanadi", deydi Ulug`bek Ismatillaev.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1