1

Toshkentda start olgan “Besh tashabbus harakati” yoshlar festivaliga ketgan dastlabki harajatlar 1 mlrd so`m tashkil etmoqda

Jamiyat 21.05.2021, 14:30
Toshkentda start olgan “Besh tashabbus harakati” yoshlar festivaliga ketgan dastlabki harajatlar 1 mlrd so`m tashkil etmoqda

Toshkentda madaniyat-san`at, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik, tadbirkorlikni qamrab olgan «Toshkent Besh tashabbus harakati» festivali boshlandi. Mazkur yoshlar tadbiri 5 kun davom etadi.

Ushbu festivalga bag`ishlangan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimi tadbir byudjeti haqida ma`lumot berdi. Ta`kidlanishicha, tadbir uchun sarflangan dastlabki xarajatlar 1 mlrd so`mni tashkil etgan.  Bu summa festival qo`shimcha tanlovlari, qo`shimcha tadbirlari evaziga oshishi mumkin.

“Bu tadbir besh kun deyilgani bilan, agar yoshlarga ma`qul keladigan bo`lsa, muddat uzayishi mumkin. Shu boisdan ajratilgan mablag`lar miqdori ham o`sish ehtimoli bor. ”, dedi Toshkent shahar hokimi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1