1

O`zbek kinoustalari Tojikiston Milliy muzeyiga tashrif buyurishdi

Madaniyat 21.05.2021, 15:14
Teglar: Kinomatografiya
O`zbek kinoustalari Tojikiston Milliy muzeyiga tashrif buyurishdi

Tojikistonda o`tayotgan O`zbekiston kinosi kunlari ishtirokchilari Dushanbe shahridagi Tojikiston Milliy muzeyiga tashrif buyurishdi.

Mazkur muzey nafaqat Tojikiston, balki Markaziy Osiyo xalqlarining o`tmishini o`zida aks ettiruvchi maskanlardan biri sanaladi. Bu erda 2011 yilda tashkil topgan muzeyning umumiy maydoni 24 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. 22 ta ekspozisiyada minglab noyob eksponatlar saqlanadi. Muzeyda Tojikiston hududidan topilgan qadimgi nodir buyumlar, qo`lyozmalar, tangalar, qurol-aslahalar, uy-ro`zg`or buyumlari, amaliy va tasviriy san`at namunalari o`rin olgan.

Buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan bugungi Maschoh tumani hududida shoh baytlar bitib qoldirilgan tosh kinoijodkorlarda qiziqish uyg`otdi. Bu toshdagi bitiklar Boburning og`ir damlarida, sargardonlik paytida bitilgan.

Muzeyda “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” kitob-albomlarining taqdimoti ham o`tkazildi. Mazkur kitob-albomlar O`zbekistonda yaratilgan va turli sabablarga ko`ra, dunyoning turli hududlariga borib qolgan osori atiqalar haqida hikoya qiladi.

– Bu albomlarimiz bugungi kunda Markaziy Osiyo hududida yashayotgan barcha xalqlarning mushtarak qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati va urf odatlari haqida hikoya qiladi, – dedi mazkur loyiha muallifi F.Abduxoliqov. – Biz kelgusida Tojikiston Milliy muzeyi bilan hamkorlikda ana shunday loyihalarni amalga oshirishga umid qilamiz.

Muzey direktorining o`rinbosari Zafarsho Ibrohimzoda mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, hamkorlikka har doim tayyor ekanini ma`lum qildi.

Sharhlar

Kinematografiya agentligida turkiyalik kinoustalar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi (foto)

28.06.2021, 17:39

Bugun O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligida Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.  Turkiyaning kino ishlab chiqaruvchi “Altınkesıt”  mas`uliyati cheklangan jamiyati prodyuseri Mustafa Gyunesh, mazkur...
Kinematografiya agentligi O`zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaevaning xotira kechasi o`tkazildi

28.05.2021, 17:46

Bugun Kinematografiya agentligi O`zbekiston kino san`ati muzeyida O`zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaevaning xotira kechasi  o`tkazildi.  Yayra Abdullaeva 1930 yilda 14 avgustda Toshkentda tavallud topgan. 1950...
“Quyosh lazzati” filmi Toshkentda suratga olinmoqda

25.05.2021, 18:02

O`zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Rossiyaning “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “Solnse na vkus” (“Quyosh lazzati”) ko-produksiya filmi suratga olinmoqda. Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi suratga...
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Aleksandr Faynberg haqida hujjatli film suratga olinadi

14.05.2021, 14:19

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK tomonidan O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqida hujjatli film suratga olinadi.Mazkur film shoirning hayoti va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1