1

Samarqand va Kattaqo`rg`on shaharlarida “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari o`tkazilmaydi

Jamiyat 21.05.2021, 18:13
Samarqand va Kattaqo`rg`on shaharlarida “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari o`tkazilmaydi

Xalq ta`limi vazirligining 2021 yil 17 maydagi xatiga asosan joriy yilning 25 may kuni barcha umumta`lim maktablarida (onlayn ta`lim shakliga o`tgan maktablar bundan mustasno) “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari karantin qoidalariga qat`iy rioya etgan holda o`tkaziladi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati.

Mazkur tartibga ko`ra, ayni paytda ta`lim jarayonlari onlayn shaklda davom etayotgan Samarqand (82 ta maktab) va Kattaqo`rg`on (18 ta maktab) shaharlarida va tumanlardagi 68 ta maktabda “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari o`tkazilmaydi.

Bu haqda boshqarma tomonidan xat chiqarilib, barcha tuman, shaharlarga ijro uchun yuborilgan.

“So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlarini o`tkaziladigan maktablar pirometr va antiseptik vositalari bilan ta`minlanadi hamda tadbir o`tkazilayotgan joyda ijtimoiy masofa saqlash choralari ko`riladi. Tadbirda maktab hovlisi, bog`ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarda o`tkaziladi va unda faqatgina 4-, 9- va 11-sinf o`quvchilari ishtirok etadi. Maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslar kiritilmaydi. Tadbir tuman xalq ta`limi bo`limi bilan kelishilgan aniq ssenariy asosida, soat 8:00 dan 8:45 ga qadar tashkil etiladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1