1

Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilinadi

Jamiyat 21.05.2021, 19:11
Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilinadi

“Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 iyundan ob`ektlardagi qurilish-montaj ishlari bo`yicha shartnoma majburiyatlarining buzilganligi uchun buyurtmachi foydasiga sud va sudgacha hal qilish tartibida undirilgan jarima (sanksiya) va penyalar, shuningdek, xaridlar jarayoni talablari buzilganda, tender va tanlov takliflarini garov, kafolat, zakalat tarzida ta`minlash uchun kiritilgan davlat xaridlari ishtirokchilari mablag`larining 50 foizi – davlat byudjetiga hamda qolgan 50 foizi – buyurtmachi xizmati bank hisobraqamiga yo`naltiriladi.

2021 yil 1 iyundan buyurtmachi xizmatining shtatlar jadvali va ta`minot harajatlari smetasini ro`yxatdan o`tkazishda texnik nazorat mutaxassislari uchun xizmat safari xarajatlarining ob`ektlar joylashgan masofadan kelib chiqib, joriy narxlarda belgilanadi.

 Buyurtmachi xizmatlar Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan malaka toifasi asosida texnik nazorat sohasidagi mas`ul mutaxassislarga ular mehnatiga haq to`lashning amaldagi tarif koeffisientlariga 2021 yil 1 avgustdan boshlab:

birinchi toifa uchun – 0,2 miqdorda;

ikkinchi toifa uchun – 0,5 miqdorda;

uchinchi toifa uchun – 0,7 miqdorda;

oliy toifa uchun – 1,0 miqdorda koeffisient qo`shiladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati to`g`risidagi nizom;

Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmatining namunaviy tuzilmasi;

Qurilish ob`ektlarida mualliflik va texnik nazorat olib borish tartibi to`g`risida nizom;  

 Qurilish ob`ektlarida nazorat o`lchovini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1