AQSh prezidenti Jo Bayden o`z mamlakatining G`azodagi yaqinda Isroil tomonidan olib borilgan harbiy harakatlaridan so`ng zarar etgan infratizimning tiklanishiga ko`mak berishini va`da qildi.
“INTERFAX.RU” xabarida aytilishicha, Bayden Oq uydagi matbuot anjumanida shunday fikrni aytgan. “Bunda gap G`azonning tiklanishiga ko`mak paketi haqida boradi”, dedi u. Ayni paytda Bayden bunday ko`makda harbiy ob`ektlar emas, faqat tinch infratizim nazarda tutilishidan ogohlantirdi. Isroil va g`azolik falastinliklarning yarashuvi haqida fikr yurita turib, Bayden mazkur yarashuvning bardavom bo`lishi uchun faqat duoda bo`lishini aytgan.






