AsosiyJamiyat

Urgutda fermer xo`jaligidan ijaraga olingan er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgarlar qo`lga olindi

'Urgutda fermer xo`jaligidan ijaraga olingan er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgarlar qo`lga olindi'ning rasmi

Urgut tumanida fermer xo`jaligidan ijaraga olingan er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Departamenti ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.Q. va B.A. qarindoshi M. tomonidan fermer xo`jaligidan ijaraga olingan 0,60 gektar er maydonini “M.” xususiy korxonasi rahbariga firibgarlik yo`li bilan 9 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar