AsosiyJamiyat

Milliy palata Sog`liqni saqlash tizimidagi muammolarni aniqlash bo`yicha trening o`tkazadi

'Milliy palata Sog`liqni saqlash tizimidagi muammolarni aniqlash bo`yicha trening o`tkazadi'ning rasmi

Sog`liqni saqlashni doimiy rivojlantirish uchun mavjud muammolarni bartaraf etishga zamonaviy yondashuvlarni o`zlashtirish lozim.Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi Integral Global Health bilan hamkorlikda aynan shunday yondashuvlarni o`rgatishni rejalashtirgan. 

Xususan, mazkur hamkorlik doirasida «Jarayonlarni takomillashtirish» (JT) dasturi bo`yicha trening o`tkazishga tayyorgarlik ko`rilmoqda. Bunda qanday qilib muammoni aniqlash, uning sabablarini topish,  muammoni bartaraf etish va o`zgarishlar natijalarini tahlil qilish bo`yicha choralar ishlab chiqish va amalga oshirishga o`rgatiladi. 

Ko`pgina mamlakatlar sog`liqni saqlash tizimida samarali qo`llanilayotgan «JT» algoritmi nafaqat yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish, balki ko`pincha uni qo`shimcha resurslarni jalb etmasdan amalga oshirish imkonini beradi.

Iyun oyiga mo`ljallangan treningda uch kun ichida Integral Global Health eksperti doktor Brayan Robi ishtirokchilar guruhini o`qitadi. O`qishni tugatganlar mazkur samarali uslubni sog`liqni saqlash tizimining boshqa vakillari orasida keng yoyishi kerak bo`ladi. Bu TUT, ya`ni «trenerlar uchun trening» deyiladi. 

Bo`lajak treningning 18 mayda bo`lib o`tgan onlayn muhokamasida Milliy palata va uning hamkori vakillari «Jarayonlarni takomillashtirish» kabi zamonaviy uslubni joriy etish tashhislashga va jamoat salomatligi muammolarinii samarali hal etishga yordam berishini ta`kidladi. 

Masalan, bolalarni majburiy emlash jarayoni bunday muammolarning borligiga aniq misol bo`lib xizmat qila oladi. Barcha sharoitlarning muhayyoligida, ya`ni vaksinalarning va bepul tibbiy xizmatning mavjudligida, maqsadli guruhlar ogohlantirilganda ham ma`lum bir hududda emlangan bolalar soni 50-70 foizni tashkil etishi mumkin. Xolbuki, emlash bo`yicha kompaniyaning maqsadi bolalarni 100 foiz qamrab olishdir. Bunday vaziyatda «Jarayonlarni takomillashtirish» algoritmini qo`llash muammoning asl sababini topish va uni bartaraf etish yo`llarini topish imkonini beradi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, «JT»ni qo`llash sog`liqni saqlash tizimining turli xil yo`nalishlarida vaziyatni takomillashtirish, demakki, odamlarga ko`rsatiladigan tibbiy xizmatni yaxshilashda samarali yo`l hisoblanadi. 

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar