1

“Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg`iz ayollarning farzandlari bog`chaga imtiyozli ro`yxat asosida qabul qilinadi

Jamiyat 22.05.2021, 12:13
“Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg`iz ayollarning farzandlari bog`chaga imtiyozli ro`yxat asosida qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash to`g`risida”gi qaroriga o`zgartirishlar kiritildi.

 O`zgartirishlarga ko`ra, maktabgacha tashkilotlarga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bolalar ro`yxati (imtiyozli ro`yxat) yangilandi.  

 Endilikda bolalarning quyidagi kontingenti bog`chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bo`ladi:

 I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning bolalari (ilgari – nogiron bo`lgan shaxslarning bolalari);

 ko`p bolali oilalarning bolalari;

 etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

 “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg`iz ayollarning bolalari;

kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari (ilgari – harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari);

talabalar va pedagoglarning bolalari;

akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalar;

ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o`tkazilayotgan sog`aygan bolalar (ilgari – boshqa muassasalardan o`tkazilgan bolalar).

Ilgari bog`chaga qabul qilish uchun imtiyozli ro`yxatga kiritilgan bolalarning imtiyozlari ularga yo`llanma berilgunga qadar saqlanib qoladi.

Bolalarni imtiyozli ro`yxat bo`yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.

 Joriy o`quv yilining 31 may kuniga qadar 7 yoshga to`ladigan bolalarning so`rovnomalari ushbu sanada bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1