O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021 yil 21 may kungi buyrug`i bilan Andijon shahar prokurori lavozimida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Qurbonali Asqarov o`z xohishiga ko`ra bergan arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etish joizki, Q.Asqarovning lavozimidan ozod etilishi 2021 yil 17 may kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ro`y bergan holatlar bilan bog`liq emas.






