AsosiyJamiyat

Travmatologiya markazining hududiy filiallarida 340 ga yaqin yuqori texnologik operasiya muvvaqiyatli amalga oshirildi

'Travmatologiya markazining hududiy filiallarida 340 ga yaqin yuqori texnologik operasiya muvvaqiyatli amalga oshirildi'ning rasmi

Ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy  tibbiyot markazida bemorlarga to`g`ri tashxis qo`yish, davolash, bir so`z bilan aytganda, ularga sifatli tibbiy yordam ko`rsatish uchun 98 nafar etuk va malakali shifokor, xususan, 8 nafar tibbiyot fanlari doktori, 18 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, 7 nafar PhD va 43 nafar oliy toifali shifokor samarali mehnat qilmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ta`kidlash lozimki, birgina 2020 yilda markazning 24 nafar malakali mutaxassisi tomonidan hududlarda 512 nafar bemor tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, 65 nafar bemorga joylarda operativ muolajalar bajarildi.

Jumladan, 37 nafar bemorda yirik bo`g`imlarni endoprotezlash, bloklovlovchi intramedullyar osteosintez, tizza bo`g`imi kasalliklarini artroskopik usulda davolash kabi yuqori texnologik operasiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mamlakatimizda tibbiyot tizimiga qaratilayotgan yuksak e`tibor tufayli so`nggi yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 4 ta hududiy filiali tashkil etildi. Natijada, ko`pchilik yurtdoshlarimizning davolanish uchun viloyatdan poytaxtga kelishlariga sira hojat qolmadi.

Xususan, ayni paytda markazning Samarqand, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasidagi filiallarida poytaxtdagi mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, seminarlar, bemorlarni birgalikdagi ko`rikdan o`tkazish va operasiya qilish amaliyotlari muntazam bajarib kelinmoqda.

Ushbu hududiy filiallarda birgina 2020 yilda 340 ga yaqin yuqori texnologik operasiyalar muvvaqiyatli amalga oshirildi.

Raqamlarga murojaat qilsak, 2020 yilda hududiy  filiallarda 82 ta yirik bo`g`imlarni endoprotezlash, 257 ta BIOS kabi yuqori texnologik operasiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Qolaversa, markazda hududiy mutaxassislarni ish joyida maqsadli kasbiy amaliyot o`tashi yo`lga qo`yilib, 2018–2020 yillarda 29 nafar mutaxassis yuqori texnologik operasiyalar bo`yicha o`qitildi.

    Boshqa yangiliklar