1

“Ming kishilik oshlarimiz bor ekan, OTMlarga imtihonsiz qabul tizimini joriy qilib bo`lmaydi” – Abduqodir Toshqulov

Jamiyat 22.05.2021, 22:50
“Ming kishilik oshlarimiz bor ekan, OTMlarga imtihonsiz qabul tizimini joriy qilib bo`lmaydi” – Abduqodir Toshqulov

"Toshkent Besh tashabbus harakati"ning ikkinchi kunida ham hukumat vakillari bilan ucharshuvlar o`tkazilishi davom etmoqda. Xususan, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan ochiq muloqoti ko`pchilikning diqqat markazida bo`ldi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qilmoqda.

Unda yig`ilganlarning asosiy qismi talaba yoshlardan iborat bo`lib, ular o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishga harakat qilishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilardan biri OTMlarga imtihonsiz qabul tizimini joriy qilish taklifini ilgari surib, xorijdagi aksariyat oliygohlarda talabalar o`quv jarayonida saralab olinishini misol qilib keltirdi.

 “Ma`lumki, xorijdagi OTMlarda  qabul oson, bitirish qiyin. Bizda esa ko`pchilikka buning aksi – o`qishga kirish qiyin, bitirish osondek tuyuladi. Xorijdagidek tartib amal qilishini men ham xohlayman. Lekin bitta masala: bizda – o`zbekchilikda, 300dan 1000 kishigacha oshlarimiz bor ekan, talabani o`qishdan chetlatib bo`lmaydi, menimcha. Gapimning ma`nosini tushundingiz deb o`ylayman.

Lekin bu sizning taklifingiz inobatga olinmaydi degani emas. Biz shunga qarab intilyapmiz.

Qaysi OTMda shaffof muhit bo`lsa, guruhda yaxshi o`qigan talaba keyingi kursga o`tib, o`qimagani kursdan qolsa, ana o`sha erda buni joriy qilsa bo`ladi.

Men vazir sifatida hozir yana bir taklif bilan chiqyapman. Talabalarni o`qishga qabul qilishda DTM imtihon qiladi, to`g`rimi?! Mening taklifim, bitirayotganida ham davlat attestasiyalarini DTM o`tkazsin. Bu o`qituvchini ham ishlashga majbur qiladi.

Lekin, hozircha bu bizga to`g`ri kelmaydi. Sababi boya aytganimdek “bizda oshlarimiz bor” degan jumla zamirida juda katta ma`no bor”, - dedi vazir.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1