1

“Perevod”da nima o`zgarishlar bo`ladi? Vazir ma`lum qildi

Jamiyat 23.05.2021, 21:40
“Perevod”da nima o`zgarishlar bo`ladi? Vazir ma`lum qildi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov yoshlar bilan uchrashuvda o`qishni ko`chirish masalasida bo`ladigan o`zgarishlar haqida ayrim ma`lumotlarni aytib o`tdi. Jumladan, sohadagi korrupsiyaning oldini olish maqsadida:

Birinchidan, xorijdan o`qishni ko`chirish uchun o`tkaziladigan imtihonda Davlat test markazi tomonidan test olinadigan bo`ldi.

Ilgari Oliy ta`lim vazirligining ba`zasi orqali test qilinardi va bu ishonchsizlikka sabab bo`lardi. Bundan maqsad - yanada shaffoflikni ta`minlash.

Ikkinchidan, o`qishi ko`chirilayotgan yo`nalishdagi o`tish bali qo`yiladi, oddiy kontrakt uchun 4 ballik shkala ham bo`ladi, super-kontraktlar ham ularga amal qiladi.  

Ilgari xorijdan ko`chirishda deyarli barcha yo`nalishlarda 56 ball talabi qo`yilardi. Sanoqli yo`nalishlardagina 100 yoki boshqa ballar belgilanardi. Bu esa ko`pchilikning e`tiroziga sabab bo`lardi. Kimlardir qiynalib, 140-150 ball bilan o`qishga kirardiyu, kimlardir qo`shni davlatga yoki borib, yoki bormay, 56 ball bilan ikkinchi kursdan talaba bo`lardi. Ya`ni maqsad xorijda ilm va ta`lim olish emas, shunchaki keyingi yili o`qishni ko`chirish edi. Ko`plab firmalarning va`dalariga ishonib, aldanib qolganlar ham juda ko`p.

Xorijdan o`qishni ko`chirishga oid ko`p bora gapirgan inson sifatida ikkala o`zgarishni ham to`liq qo`llab-quvvatlayman!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1