Namangan davlat universitetiga davlat granti asosida o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.N. fuqaro Yu.ning ishonchiga kirib, uni Namangan davlat universitetiga davlat granti asosida o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 000 AQSh dollari va 5,2 mln so`mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






