1

Shahrisabzda tibbiyot xodimlarini o`t yuldirishga jalb etgan xodim javobgarlikka tortildi (video)

Jamiyat 24.05.2021, 13:06
Shahrisabzda tibbiyot xodimlarini o`t yuldirishga jalb etgan xodim javobgarlikka tortildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bir guruh tibbiyot xodimlarining majburiy ishga jalb qilingani aytilgan videolavha tarqaldi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holat bo`yicha o`rganish o`tkazgan.

Unga ko`ra, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining ishchi va xodimlari birlashmaning hovlisidagi er maydonida gullar orasidagi begona o`tlarni tozalash, ya`ni obodonlashtirish ishlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi xo`jalik ishlari mudiri Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 51-moddasiga asosan ba`zaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (12 mln 250 ming so`m) miqdorida ma`muriy jarimaga tortildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1