AsosiyJamiyat

Bugun ertalab metroda yana poezd to`xtab qoldi

'Bugun ertalab metroda yana poezd to`xtab qoldi'ning rasmi

"Toshkent metropoliteni" UK ma`lum qilishicha, 24 may kuni ertalab soat 08:52da, №4 yo`nalish bo`ylab harakatlanayotgan poezd, texnik sabablarga ko`ra Hamid Olimjon bekatida to`xtab qolgan.

 Bu voqea haydovchi tomonidan poezd nosozligini aniqlanishi munosabati bilan sodir bo`lgan. Ko`rsatmaga ko`ra, yo`lovchilar tushirilgan va poezd zaxiraga "Paxtakor" stansiyasining berk qismiga jo`natilgan. №16 yo`nalish bo`yicha orqadan kelayotgan poezd yo`lovchilarni olib, jadvalga muvofiq harakatlanishni davom ettirilgan. Keltirilgan noqulayliklar uchun korxona ma`muriyati uzr so`ragan.

 

 

    Boshqa yangiliklar