Madridning “Real” jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu “Roma”ga qarshi (2:0) kechgan Evropa chempionlar ligasi 1/8 finalida maydonga tushib, mazkur turnirning pley-off bosqichidagi eng ko`p o`yin o`tkazgan futbolchiga aylandi, deb xabar beradi championat.com.
Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi hisobida bunday o`yinlar soni 57 taga etdi va bu yangi rekord hisoblanadi.
Taqqoslash uchun, “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi EChL pley-off bosqichining 56 ta o`yinida maydonga tushgan bo`lsa, “Real” sobiq darvozaboni va ayni damda “Portu” darvozasi qo`riqchisi Iker Kasilyas hisobida 55 ta o`in mavjum. Keyingi o`rinlardan Andres Inesta (53), Frenk Lempard (52), Lionel Messi va Viktor Valdes (51 tadan) joy olgan.





