1

Orsiz toshkentlik yigit, ibosiz ayoldan behayo rasmlarini tarqatmaslik evaziga "Lacetti" mashinasi va 62 mln so`m undirdi

Jamiyat 24.05.2021, 14:19
Orsiz toshkentlik yigit, ibosiz ayoldan behayo rasmlarini tarqatmaslik evaziga "Lacetti" mashinasi va 62 mln so`m undirdi

Toshkent shahrida 2021 yilning 19 may kuni soat 19:00larda 25 yoshli A.Ataboy 31 yoshli X.Gulruxni turli xildagi behayo suratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga qo`yib obro`sizlantirib, sharmanda qilish bilan qo`rqitib, Chilonzor tumani Beshqo`rg`on mahallasida joylashgan avtoturargohda 1.000.000 so`m pullarni tovlamachilik yo`li bilan olib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida JQB xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi. 

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2020 yilning aprel oyidan 2021 yilning may oyiga qadar A.Ataboy X.Gulruxni suratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga qo`yish bilan qo`rqitib tovlamachilik yo`li bilan narxi 80.000.000 so`mlik «Lacetti» rusumli avtulovini ishonchnoma asosida olganligi bundan tashqari jami 14.000.000 so`mlik 40 grammli tilla taqinchoqlari, 42.000.000 so`m va 600 AQSh dollar pullarini tovlamachilik yo`li bilan qo`lga kiritib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.                  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1