AsosiyJamiyat

Koronavirus hafta ichida: dunyo va O`zbekiston

'Koronavirus hafta ichida: dunyo va O`zbekiston'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 164 million nafardan ortiqni tashkil etdi, kasallikdan vafot etganlar dunyo bo`yicha 3,4 million nafardan oshib ketdi.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shu bilan birga, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 1,5 milliard  dozadan ortiq vaksina qo`llanilgan.

Yurtimizda esa kasallanish  ko`rsatkichi 98657 nafarga etib, ulardan 680 nafari vafot etgan. Tibbiyot muassasalarida 3834 nafar bemor davolanmoqda.  

O`tgan hafta yurtimizda 1 apreldan beri qo`llanilgan vaksina miqdori 1,6 million dozadan oshdi.  8 hududda 100 ming dozadan ortiq vaksinadan foydalanilib, Farg`ona viloyati bu ko`rsatkich bo`yicha 200 ming dozalik marradan ham oshdi.  

 

    Boshqa yangiliklar