Farg`ona viloyati hokimining qarori bilan Holiqov Bahodir Rahmatullaevich viloyat hokimining o`rinbosari – mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
2020 yil 20 fevraldan beri viloyat hokimining o`rinbosari – mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i vazifasida ishlab kelgan Saidmurod Aminjonov o`z arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi.
Bahodir Xoliqov 1972 yil 26 yanvarda Rishton tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. 1994 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Uzoq yillar davomida Soliq tizimida turli mas`ul lavozimlarda ishlagan, Marg`ilon, Quvasoy va Farg`ona shaharlari Davlat soliq inspeksiyalari boshlig`i bo`lgan.
2019-2020 yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bo`limi boshlig`i bo`lib faoliyat olib borgan.
Bahodir Xoliqov 2020 yildan tayinlovga qadar viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.






