1

Davlat ta`lim muassasalari xorijiy tillar o`qituvchilari uchun talablar belgilandi

Jamiyat 24.05.2021, 19:11
Davlat ta`lim muassasalari xorijiy tillar o`qituvchilari uchun talablar belgilandi

 

Qarorga ko`ra, davlat ta`lim muassasalari xorijiy tillar o`qituvchilari uchun xorijiy tillarni o`zlashtirish darajasi bo`yicha talablar belgilandi.  

 Jumladan:

 2022/2023 o`quv yilidan davlat ta`lim muassasalarining xorijiy tillar o`qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lishi lozim;

 2022/2023 o`quv yiliga qadar davlat OTMlaridagi barcha xorijiy tillar o`qituvchilari kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lishi lozim;

2024/2025 o`quv yiliga qadar davlat oliy ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o`qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lishi lozim;

 2024/2025 o`quv yiliga qadar umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o`qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1