1

Bu yil maktablarda “So`nggi qo`ng`iroq” o`tkaziladimi? XTV ma`lumot berdi

Jamiyat 24.05.2021, 19:30
Bu yil maktablarda “So`nggi qo`ng`iroq” o`tkaziladimi? XTV ma`lumot berdi

Xalq ta`limi vazirligi maktablarda “So`nggi qo`ng`iroq”ni ko`tarinki kayfiyatda va ortiqcha harajatlarsiz o`tkazishni so`raydi, deb yozadi vazirlikning Matbuot xizmati.

Ma`lumki, har bir o`quv yili yakunida 25 may kuni barcha maktablarda “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari tashkil etiladi.  

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan joriy yilda ham umumta`lim maktablarini bitirayotgan 438 mingga yaqin bitiruvchilarimiz uchun mazkur tadbirni karantin qoidalariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazishga ruxsat berildi.

Ota-onalar va maktab ma`muriyatlaridan ushbu tadbirni farzandlarimiz uchun faqat ijobiy kechinmalar bilan eslanadigan qilib, ko`tarinki kayfiyatda o`tkazishni iltimos qilamiz. 

Shu bilan birgalikda, joylarda turli e`tirozlarni oldini olish maqsadida tadbirlarni ortiqcha harajatlarsiz, xususan o`quvchilar orasida oilaviy sharoitidagi farqni salbiy ko`rsatishga sabab bo`lishi mumkin bo`lgan turli hil alohida kiyim-kechak, bezak, sovg`alar va shu kabilarga katta mablag` sarflamasdan bir-birini qo`llab-quvvatlagan holda o`tkazishlarini so`raymiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1