1

"Agar siz “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi qurilishlarda kamchiliklarni payqasangiz..." Bosh prokuratura tomonidan maxsus telegram-bot dasturi ishlab chiqildi

Jamiyat 24.05.2021, 21:02
"Agar siz “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi qurilishlarda kamchiliklarni payqasangiz..." Bosh prokuratura tomonidan maxsus telegram-bot dasturi ishlab chiqildi

Bugungi islohotlar muvaffaqiyatli ko`p jihatdan har bir tuman, shahar, qishloq va mahallada jamoatchilik, ya`ni, xalq nazoratining qay darajada yo`lga qo`yilganiga ham bog`liq.

Jumladan, 2021 yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar doirasida 7 794 ta qishloq va mahallada 20,8 trln so`mlik qurilish, ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Bu boradagi vazifalarning so`zsiz ro`yobga chiqarilishida ta`sirchan nazoratning ahamiyati katta. Shu bois, ushbu dasturlar doirasidagi ishlarning barcha bosqichlarini onlayn kuzatib borish imkonini beruvchi elektron dastur ishga tushirildi.  

Dasturlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo`lga qo`yish maqsadida maxsus telegram-bot (@obod_mahalla_dasturi_bot) dasturi ham ishlab chiqildi. Bu haqda  Bosh prokuratura xabar berdi.

"Agar Siz yashayotgan hududda“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilayotgan bino-inshootlarda kamchiliklarni payqasangiz, qurilish ishlarining sifatsiz olib borilayotgani yoki to`xtab qolganining guvohi bo`lsangiz, asl holatni suratga oling va maxsus telegramm-botga joylashtiring! 

Buning uchun mavjud kamchilikni suratga olasiz va maxsus telegramm-botga kirib, ob`ekt joylashgan hududni belgilab, “Yuborish” tugmasini bosasiz. 

Elektron dastur “Ishchi guruh”ni avtomatik tarzda qizil belgi bilan kelib tushgan murojaat haqida xabardor qiladi. 

So`ngra “Ishchi guruh” tomonidan mavjud salbiy holatni bartaraf etish choralari ko`riladi. 

Unutmang, barcha fuqarolar qurilish ishlari bilan tanishib, kamchiliklar to`g`risida o`z murojaatini yuborish imkoniga ega. 

O`z uyi, mahallasiga befarq bo`lmagan aziz vatandoshlar, jamoatchilik nazoratida faol ishtirok eting!

Dasturlarning samarali, sifatli va o`z vaqtida bajarilishiga hissa qo`shing!", deyiladi xabarda. 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1